WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Ispaniyada ustida beshta fil bo‘lgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Ispaniyada ustida beshta fil bo‘lgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Ispaniya janubi-sharqida beshta sirk filini olib ketayotgan yuk mashinasi YTHga uchradi. Avariya oqibatida bitta fil halok bo‘lgan, qolganlari esa jarohat olgan. Bu haqda TCH’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Noxush hodisa Mursiya provinsiyasining Albasete shahri yaqinidagi trassada sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi yuk mashinasi haydovchisining boshqa avtomobilni ko‘rmay qolganligi sabab sodir bo‘lgan.
Shuningdek, yuk mashinasi ustida bo‘lgan ikkita fil oyog‘idan jarohat olganligi aytilmoqda.
Jarohat olgan fillar yuk mashinasidan kran yordamida ko‘tarib olingan. Mazkur YTH sabab trassadagi harakatlar ikki soatga to‘xtab qolgan.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?
КТО НА САЙТЕ?
(
49)
(
0)
(
48)
(
1)





- отсутствуют
