» » Janubiy Koreyada mamlakatning sobiq prezidenti ustidan sud ishi jonli efirda namoyish etiladi

Janubiy Koreyada mamlakatning sobiq prezidenti ustidan sud ishi jonli efirda namoyish etiladi


Janubiy Koreya mahalliy televideniyesi mamlakatning korrupsiyada ayblanayotgan sobiq prezidenti Pak Kin Xe ustidan sud qarori o‘qib eshittiriladigan majlisni jonli efirda namoyish etadi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Avvalroq, mamlakat Oliy sudi sud zalidan to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya qilish qoidalarini o‘zgartirdi. O‘zgartirishlarga ko‘ra, zarurat bo‘lganda sud zalidan to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiyani tashkil etish mumkin.

Pak Kin Xe 2017-yilning aprel oyida hibsga olingan edi. Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 18 ta punkti, xususan korrupsiyada, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda ayblanmoqda. Mamlakat prokuraturasi Pak Kin Xeni 30 yilga ozodlikdan mahrum etishni taklif qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют