» » Rossiyadagi katta kompaniyada bolim boshligi bolib ishlayotgan surxondaryolik diplomsiz dasturchi hikoyasi (audio)

Rossiyadagi katta kompaniyada bolim boshligi bolib ishlayotgan surxondaryolik diplomsiz dasturchi hikoyasi (audio)


Aqtobe fojiasidan Daryo internet-nashri Muhojirlar hayoti loyihasi doirasida xorijda mehnat qilayotgan bir guruh ozbekistonlik vatandoshlarning fikrlarini elon qilgan edi. Muhojirlar hayoti loyihasi doirasidagi navbatdagi audiohikoya Moskvadagi yirik kompaniyada ishlab kelayotgan ozbekistonlik dasturchi Alisher Kadirovdan.

Mavzuga doir: Muhojirlar hayoti

Uning fikrlarini Daryo muharriri Dilshod Sharipov yozib oldi, audio uchun Muhrim Azamxojayev oqidi.

Ismim Akmal Kadirov. Yoshim 30 da. Surxondaryoning Termiz shahrida tugilganman. Malumotim orta 2005-yil 11-sinfni bitirganman.

Maktabni bitirgach, har xil ishlar bilan shugullanganman: savdo-sotiqdan tortib, viloyat hokimligi-yu televedeniyasida ham ishlaganman. Maktab davridan dasturchilikka qiziqardim. Oquvchilik vaqtim maktab kompyuteridan foydalanardim. Maktabdan song, shaxsiy kompyuterim yoqligi sabab, kompyuterli joylarga ishga kirganman.

Bu joylarda deyarli tekinga ishlaganman, chunki men uchun asosiy maqsad kompyuter va internetdan foydalanib, bilimimni oshirish edi. Bilimga investitsiya qilish kelajakda yaxshi natija berishiga ishonganman. Xobbi sifatida saytlar va har xil dasturlar yaratardim.

Dasturlashni organishimga bir yilcha vaqtim ketgan, chunki ustozim bolmagan boshida qaysi dasturlash tilini organish kerakligini ham bilmaganman. Barcha dasturlash tillari bir-biriga oxshaydi birini organib, ikkinchisiga otish qiyin emas. Shu sababli ham dasturchilar birdaniga koplab dasturlash tillarini biladi. Shunga qaramay, baribir ishlatadigan asosiy dasturlash tilingiz boladi. Men uchun bu S, PHP va Java.

Dasturlash sohasiga viloyatlarda talab kuchli bolmagani bois, 2010-yili Toshkentga ketishga qaror qildim. Osha paytlar vakansiyalar joylashtiradigan bir sayt bolardi. Shu saytning nuqsonini topib, oz vakansiyamni birinchi oringa kotarganman. Shuning ortidan darrov bir necha kompaniya ishga taklif qilgan. Sayt administratorlari ham, registratsiyadan otganimga ikki kun bolmay saytda reytingim kotarilib ketganidan shubhalanib, men bilan boglangan. Akkauntimni yaqin ikki hafta blok qilmasliklari sharti bilan ularga saytdagi nuqsonni qanday sozlash kerakligini tushuntirganman. Shunday qilib, menga tushgan takliflardan birini tanlab, ishlagani Toshkentga ketdim.

Asosiy ishimdan tashqari dasturlash boyicha darslar otardim. Darslarga asosan TATU talabalari qatnardi. TATUning juda kop talabalariga dars otganman. Yiliga 50 dan ortiq, desam yolgon bolmas. Afsuski, notogri talim olgan dasturchiga qaytadan orgatish qiyinroq. Keyinchalik bir dostim bilan firma ochdim, ushbu firma ham dasturlash bilan shugullanardi. Ishga olish vaqtidagi suhbatlarda bir narsa yaqqol sezilardi hech qayerda oqimagan, dasturlashni ozi, mustaqil organgan odamlarning saviyasi TATUni bitirib chiqqanlarnikidan kopincha yuqori bolardi. Qiziq tomoni, Rossiyada ham deyarli shu ahvol: hozirgi hamkasblarimdan faqat bittasigina universitet korgan, u ham ikkinchi kursdan oqishni tashlagan.

Moskvaga 2014-yil aprelida kelganman. Kelishim bilan faqat bir kompaniyaga intervyuga bordim. Birdan ishga olishdi. Diplom sorashgani yoq. Ozingiz ham kuzatayotgandirsiz hozir odamlar qizil diplomini kabob pishirayotganda yelpigich qilib ishlatayapti. Rossiya ham bu borada istisno emas.

Men ishlayotgan kompaniya filiallari MDHning barcha mamlakatlarida, jumladan, Ozbekistonda ham bor. Birinchi ishga kirgan vaqtim oddiy dasturchi bolib ishlagan bolsam, hozir bolim boshligiman. Qol ostimda 10 dan ortiq dasturchi bor. Dushanbadan jumagacha, soat 10:00 dan 18:00 gacha ishlayman. Mehnat sharoitlari yaxshi. Kuchli kompyuter, bepul kofe va shirinliklar... Ipoteka boyicha kvartira sotib oldim. Rafiqam va oglim bilan birga yashayman. Uydagilarni korishga qisqa muddatga Ozbekistonga borib turaman.

Xorijda ishlash jarayonida Ozbekiston davlat idoralari, masalan, elchixona va konsulliklarining yordamini, komagini sezmayman. Bu yerdagi deyarli barcha hamyurtlarimiz ozini xuddi qarovsizdek his qiladi. Misol uchun, yaqin tanishim Rossiyada pasportini yoqotib qoygach, bu yerdagi Ozbekiston vakolatxonalariga ikki oy qatnadi. Pasportimni yoqotganligim haqida malumotnoma bering, uyga uchib keta olmayapman, otamning ahvoli ogir, hayotining songgi kunlari yonida bolay, deb. Lekin hech qanday natijaga erisha olmadi. Hatto, otasi vafot etgach ham bechora qiz kozida yosh bilan yana navbatda turdi. Shunda ham vakolatxona xodimlari unga ishonmay, otasi olgani haqida hujjat talab qildi. Ozbekistondan hujjat kelganidan keyingina qizga kerakli malumotnoma taqdim etildi.

Bu 2015-yili bolgan voqea. Hozir Ozbekistonda kop ozgarishlar yuz beryapti, bu sohada ham ijobiy ishlar bolyapti, deb umid qilaman. Rossiyada Ozbekistonning davlat idoralaridan kora ozbek diasporasining komagi, daldasini his qilish osonroq. Masalan, yaqinda bir vatandoshimiz yonib ketibdi. Shunga Vatandosh diasporasi hisobraqam ochib, pul yigib, yordam korsatishga urinyapti.

Ozbekistonlik dasturchilar haqida gapiradigan bolsam, bir dostim Googleda, bir necha sobiq hamkasblarim Estoniya, Latviya, Polshada ishlayapti. Bu faqat men yaxshi taniganlarim. Aslida juda kop zukko dasturchilarimiz chet ellarda yuribdi. Bu juda achinarli holat. Axborot-texnologiyalari asrida sohaning zor mutaxassislarini yoqotyapmiz. Boz ustiga, yangi, munosib mutaxassislarni yetishtirib bera olmayapmiz.

Talim sohasida chuqur islohotlar otkazilishi kerak. Hozir dasturchi bolish niyatidagi odam faqat internet orqali sifatli bilim olishi mumkin. Lekin Ozbekistonda internetning ahvoliga ham havas qilib bolmaydi. Bilimli yoshlarimizni yoqotmaslik uchun Ozbekistonning ozida ularga imkoniyat, sharoitlar yaratib berish kerak. Dasturchilar har doim kerak, kelajakda esa bu soha vakillariga bolgan talab faqat oshadi.

Ozbekistonda kop islohotlar otkazilishi, yangilanishlar amalga oshirilishi kerak. Masalan, fuqarolarning umumiy elektron bazasi (ombori)ni tashkil etish kerak. Har bir fuqaroga oz uyidan turib, navbatsiz turli davlat xizmatlaridan foydalana olish imkoni yaratilishi kerak. Shunda davlat xizmatchilari fuqarolardan u yoki bu spravkalarni yigib kelishni talab qilavermaydi, chunki hamma zarur malumotlar umumiy omborda boladi. Xalqning fikri, xohish-istaklarini ham shu elektron vosita orqali oson organish mumkin.

Bu korrupsiyani yoqotishning ham asosiy sharti deb hisoblayman barcha davlat xizmatlari boshidan oxirigacha, hatto ularning tolovli qismi ham onlayn bolishi kerak. Bu axborot texnologiyalari sohasidan chiqadigan foydaning bittasi, xolos. Aslida esa bu sohani rivojlantirib, xalq uchun yanada koplab qulayliklar yaratsa boladi.

Sozim yakunida sochim haqida bir-ikki ogiz izoh bermasam bolmas, har holda kopchilikda savol tugilishi mumkin. Kopchilik: Akmal sochini Rossiyaga borganidan keyin ostirib yubordi, deb oylaydi. Aslida yoshligimdan sochimni shunday ostirib yurardim. Uzun sochlar oquvchilik yillarimda ham kop muammo bolgan. Rossiyaga ketishimdan avval pasportim almashtirish uchun pasport stoliga borganimda: Sochingni oldirmasang, pasport bermaymiz, deyishgan. Shu gapdan keyin Rossiyaga eski pasport bilan ketdim. 2016-yili pasport olish uchun Ozbekistonga qaytganimda, muammo bolmasin deb sochimni qariyb kal qilib oldirdim. Lekin meni bir savol qiynaydi: sochim bilan kimning, ayniqsa, pasport stolidagilarning nima ishi bor? Ular xohlasa ozining sochini kal qilib oldirsin, istasa mayda qilib orib olsin. Hech tushunmayman.



Manba: Daryo.uz
: admin (3-04-2018, 17:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 37) ( 0) ( 37) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -