» » YouTube shtab-kvartirasida otishma sodir etgan ayolning shaxsi aniqlandi

YouTube shtab-kvartirasida otishma sodir etgan ayolning shaxsi aniqlandi


YouTube internet-servisining shtab-kvartirasidagi otishma Kaliforniyada yashovchi Nasim Agdam ismli ayol tomonidan sodir etilgan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, otishmadan so‘ng o‘z joniga qasd qilgan ayol Riversayd shahrida yashagan, uning San-Diyegoda ham uyi bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u YouTube kompaniyasiga aloqador bo‘lmagan.

Agdam 39 yoshda bo‘lgan. U pistolet bilan qurollangan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol jabrlanuvchilardan birini tanir edi. Hozirda erkak shifoxonaga joylashtirilgan. Uning ahvoli og‘irligi aytilmoqda.

Hodisa oqibatida yana ikki nafar ayol og‘ir jarohat olgan. Ular hujumda asosiy nishon bo‘lmagani aytilmoqda.

Otishmaga maishiy muammolar sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют