» » Afg‘on harbiylari mamlakat shimolida IShIDning 10 nafar jangarisi yo‘q qilinganligini ma’lum qildi

Afg‘on harbiylari mamlakat shimolida IShIDning 10 nafar jangarisi yo‘q qilinganligini ma’lum qildi


Afg‘oniston shimoli-g‘arbida Turkmaniston bilan chegaradosh Juzjon viloyatida IShID terrorchilik guruhining o‘n nafar jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda 4-aprel kuni “Shaxin” afg‘on milliy armiyasi 209-korpusi shtabi ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.

“Darzab uyezdining Qizil-Qishloq, Daryo-Xona va Pista-Bozor qishloqlari hududida MD530 vertolyoti tomonidan amalga oshirilgan havo hujumlari oqibatida IShIDning o‘n nafar terrorchisi yo‘q qilindi, yana besh nafar terrorchi jarohat oldi”, — deyiladi xabarda.

Kuni kecha Darzab uyezdi rasmiylari bir nechta yo‘nalishda IShID jangarilariga shturm boshlanganligi haqida mahalliy OAVlariga xabar qilgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют