WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Afg‘onistonning Juzjon viloyatida IShIDning 35 nafar jangarisi o‘ldirildi. Ulardan 7 nafari o‘zbekistonlik
Afg‘onistonning Juzjon viloyatida IShIDning 35 nafar jangarisi o‘ldirildi. Ulardan 7 nafari o‘zbekistonlik
Afg‘oniston shimoli-g‘arbidagi Juzjon viloyatida IShIDning 35 nafar a’zosi o‘ldirildi, 13 nafar jangari asirlikka olindi. Bu haqda mamlakat armiyasining 209-korpusi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Xabarda o‘ldirilgan jangarilardan 7 nafari o‘zbekistonlik ekanligi bildirilgan.
Matbuot xizmatiga ko‘ra, viloyatning Darzob va Qo‘shtepa tumanlaridagi jangarilar marralariga 17-mart, shanba kuni 4 marta aviazarba berildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?