» » YeChL. “Liverpul” — “Manchester Siti”, “Barselona” — “Roma”. Asosiy tarkiblar ma’lum

YeChL. “Liverpul” — “Manchester Siti”, “Barselona” — “Roma”. Asosiy tarkiblar ma’lum


Bugun Yevropa Chempionlar Ligasining ? final bosqichi doirasida so‘nggi ikki juftlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Ulardan biri Angliyada, “Enfild” stadionda APL titanlari o‘rtasida kechadi. Angliya premyer ligasida javlon urayotgan Muhammad Saloh yetakchiligidagi “Liverpul”, Xosep Gvardiola boshchiligida Angliya chempionligiga yaqin kelib qolgan “Manchester Siti”ga qarshi kurash olib boradi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi. O‘yin Futbol-TV telekanali tomonidan translyatsiya qilinadi. Jamoalar o‘yinni quyidagi tarkibda boshlaydi.

“Liverpul”: Karius, Lovren, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Firmino, Oksleyd-Chemberlen, Saloh, Milner, Mane, Xenderson.

“Manchester Siti”: Ederson, Otamendi, Kompani, Laport, Uoker, de Bryuyne, Gyundogan, Silva, Fernandino, Sane, Gabriel Jezus.

Kataloniyada Ernesto Valvyerde boshchiligidagi “Barselona” “Kamp Nou”da Rimning “Roma”siga qarshi maydonda saf tortadi. Leo Messi jamoadoshlari bugun rimlik “bo‘rilar”ni imtihondan o‘tkazadi.

Bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi. Uchrashuv UzReport telekanali tomonidan translyatsiya qilinadi. Jamoalar o‘yinni quyidagi tarkibda boshlaydi.

“Barselona”: ter Shtegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Umtiti, Serji Roberto, Buskets, Rakitich, Inyesta, Messi, Suares.

“Roma”: Alisson, Fasio, Kolarov, Bruno Peres, Manolas, Strotman, de Rossi, Florensi, Pellegrini, Perotti, Jeko.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют