» » Pepsi kompaniyasi O‘zbekiston Superligasining titul homiysiga aylandi

Pepsi kompaniyasi O‘zbekiston Superligasining titul homiysiga aylandi


Jahonga mashhur Pepsi kompaniyasi futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasiga homiylik qiladi, deb xabar beradi O‘FA.

Kompaniya vakillari Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti, O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan bo‘lgan uchrashuvda shu boradagi taklif bilan chiqqan.

“Pepsi kompaniyasi reklama industriyasida aynan sportning futbol turiga katta e’tibor qaratadi. Kompaniyamiz shuningdek, jahoning eng nufuzli sport musobaqalaridan biri – futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining ham rasmiy homiysi hisoblanadi. Biz o‘zbek futbolida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, islohotlarda bevosita ishtirok etishni, shu orqali o‘zbek sporti taraqqiyoti va rivojlanishiga hissa qo‘shishni istaymiz. Qolaversa O‘zbekiston Superligasi kompaniyamizni yanada mashhurroq qilish, mahsulotlarimizni reklama qilish uchun katta bozordir. Biz bu imkoniyatni qo‘ldan chiqarmasligimiz kerak”, — dedi Pepsi kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Shuhrat Ergashev.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi bunga qadar bir qator nufuzli firma va kompaniyalar bilan Superligaga homiylik qilish maslasida muzokaralar olib bordi. Ular orasidan aynan Pepsi kompaniyasining taklifi ma’qul keldi. Uchrashuv yakunida Pepsi kompaniyasi va O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi o‘rtasida shartnoma imzolandi va o‘zbek futboli tarixida birinchi marta O‘zbekiston Superligasi o‘zining titul homiysiga ega bo‘ldi. Bitim hozircha yil yakuniga qadar imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 9) ( 0) ( 8) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют