» » Braziliya sudi ayblov hukmini ijro etish uchun sobiq prezidentni hibsga olishga ruxsat berdi

Braziliya sudi ayblov hukmini ijro etish uchun sobiq prezidentni hibsga olishga ruxsat berdi


Braziliya federal oliy sudi korrupsiya ishi bo‘yicha ayblov hukmini ijro etish uchun 5-aprelga o‘tar kechasi respublika sobiq prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvani hibsga olishga ruxsat berdi. Tegishli qaror chiqarilgan sud majlisi sud organining YouTube’dagi kanalida translyatsiya qilindi, deb yozadi “TASS”.

Qaror Lula da Silva yaqin vaqt ichida qamoqxonaga yuborilishi mumkinligini anglatadi. Biroq dastlab birinchi instansiya sudyasi yuqori instansiyadan uning ishini olishi va tegishli order chiqarishi lozim. Bu jarayon bir necha soatdan bir necha kungacha vaqt olishi mumkin.

Avvalroq sobiq davlat rahbari siyosiy boshpana so‘rash uchun mamlakatni tark etish niyati yo‘qligini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют