» » “Kortej” sedani krash-testdan o‘tkazildi (foto)

“Kortej” sedani krash-testdan o‘tkazildi (foto)


Dmitrovsk poligonida joylashgan “NAMI” passiv xavfsizlik laboratoriyasida “Kortej” loyihasiga kiruvchi sedanning krash-testlari o‘tkazildi. Sinov xulosalariga ko‘ra, avtomobil konstruksiyasiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi, deb xabar beradi “Motor”.

Sinovlar Euro NCAP rejimiga maksimal yaqinlikda o‘tkazildi, biroq ayrim testlar ataydan murakkablashtirilgan. Yon tomondan simyog‘ochga urilishda zarba Euro NCAP’dagi kabi old eshikka emas, aksincha, orqa eshikka yo‘naltirildi.

Bundan tashqari gibrid kuch tuzilmali batareyalar blokining ishonchliligini sinab ko‘rish maqsadida orqasidan 1300 kilogrammli tirkama yuborildi.

Prototip soatiga 64 kilometr tezlikda ketayotganida old tomonidan berilgan 40 foizli zarbada yo‘lovchilarni ishonchli himoya qildi, biroq bir nechta nuqtada payvandlar ochilib ketgan.

Yana bir zarba — oraliq va orqa g‘ildirak o‘rtasiga berildi. Dizaynerlar ushbu testdan o‘tish uchun avtomobilning bir qator qismlariga qo‘shimcha kiritishga majbur bo‘ldi.

“EMP-412300” salonidan to‘qqizta xavfsizlik yostiqchasi o‘rin olgan: ikkita frontal, bitta haydovchining tizzasi himoya qilishga va oltita yon tomondan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют