» » 2017-yilda O‘zbekistonda qariyb 2 tonna narkotik musodara qilindi

2017-yilda O‘zbekistonda qariyb 2 tonna narkotik musodara qilindi


2017-yilda O‘zbekistonda giyohvand moddalarning noqonuniy tarqatilishi bilan bog‘liq 5429 ta jinoyat fosh etildi. 2016-yilda esa bu ko‘rsatkich 6646 ga teng edi. Bu raqamlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazining yillik tahliliy sharhida keltirildi, deb yozadi UzDaily.

Giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlarning 2233 tasi narkotik sotish, 553 tasi — giyohvand moddalar kontrabandasi, 1142 tasi — giyohvand moddalarga ega o‘simliklarni noqonuniy yetishtirish bilan bog‘liqdir.

Hisobot davrida 1,99 tonnadan ortiqroq giyohvand moddalar musodara qilindi, bu 2016-yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan 56 foizga kamroq demakdir.

Xususan, o‘tgan yili 12,43 kg kilogramm geroin (2016-yilda — 107,75 kilogramm), 797,9 kilogramm afyun (2016-yilda — 1 tonna 446,8 kilogramm), 916,6 kg marixuana (2016-yilda — 883,2 kilogramm), 78,5 kilogramm gashish (2016-yilda — 241,1 kilogramm), 188,2 kilogramm ko‘knor (2016-yilda — 862,8 kilogramm) hamda 361,7 gramm (2016-yilda 579 gramm) yangi psixoaktiv moddalar va boshqa sintetik narkotiklar musodara qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют