» » O‘zbekistonda fuqarolarning deputatlarga murojaatlarini qabul qiluvchi “Muloqot” mobil dasturi ishlab chiqildi

O‘zbekistonda fuqarolarning deputatlarga murojaatlarini qabul qiluvchi “Muloqot” mobil dasturi ishlab chiqildi


Fuqarolarning parlament deputatlariga yo‘llagan elektron murojaatlarini qabul qilish va qayta ishlash tizimi samaradorligini oshirish maqsadida “Muloqot” mobil dasturi ishlab chiqildi, deb yozadi O‘zA.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Micros Development kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur mobil dasturning taqdimot bo‘ldi.

“Muloqot” mobil dasturi parlamentning jamoatchilik bilan aloqalari sifatini yaxshilash bilan bir qatorda fuqarolar murojaatini ko‘rib chiqish jarayonlari ustidan jamoatchilik nazoratini joriy etishni ta’minlaydi. Dasturdan o‘zbek va rus tillarida foydalanish mumkin.

Mobil dastur murojaatchilarning shaxsga doir ma’lumotlari va shaxsiy axborotlarni oshkor etilmasligi hamda zarur xavfsizlikni ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasi elektron hukumat foydalanuvchilarini indefikatsiya qilish Yagona tizimi OneID bilan integratsiyalashgan.

Mobil dastur orqali murojaatchi murojaatni jo‘natishda muammoni tezkor hal etishni ta’minlash maqsadida unga tegishli fayllarni, rasm yoki hujjatlarni qo‘shib jo‘natishi mumkin. Shuningdek, zarur bo‘lganda xaritada murojaat bilan bog‘liq obyekt joylashgan yerni ko‘rsatish imkoniyatini beradi.

Fuqarolar murojaatiga deputatlar tomonidan ko‘rilgan choralarning samaradorligini baholash uchun berilgan javoblar doirasida jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida har bir murojaat tegishli bazaga kiritilib boriladi.

Bugungi kunda mazkur mobil dasturdan Android operatsion tizim uchun beta rejimida foydalanish mumkin bo‘lib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyatini yorituvchi bir guruh jurnalistlarga sinov tariqasida ishlatishga berildi. Yaqin kunlarda to‘liq sinovdan o‘tgandan keyin “Muloqot” dasturidan O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют