» » Ruminiyada mikroavtobus daryoga tushib ketdi, 9 kishi halok bo‘ldi

Ruminiyada mikroavtobus daryoga tushib ketdi, 9 kishi halok bo‘ldi


Ruminiyada 5-aprelga o‘tar kechasi salonida o‘n kishi bo‘lgan mikroavtobus daryoga tushib ketdi. Bir ayol undan chiqib olishga muvaffaq bo‘ldi, qolgan odamlar halok bo‘ldi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Avtobus mamlakat shimoli-sharqidagi Bistritsa daryosiga quladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halokatga g‘ildirak shinasining teshilishi sabab bo‘lgan. Mikroavtobus tushib ketgan joyda daryoning chuqurligi 7 metrga teng bo‘lgan.

Voqea joyiga bir nechta qutqaruv jamoalari yetib keldi.

Mikroavtobusdan chiqishga muvaffaq bo‘lgan ayol qutqaruvchilar tomonidan topib olinganida hushi joyida bo‘lgan, uni kasalxonaga yuborishgan.

Qutqaruvchilar suvdan yetti yo‘lovchining jasadini chiqarib olgan, ikki kishi bedarak yo‘qolgan deb e’lon qilingan. Ammo keyinroq ularni ham topishgan.

Qurbonlarning yoshi 17 dan 45 gacha bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, mikroavtobus yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallanmagan, unga peshtaxtalar o‘rnatilgan. Unda mahalliy o‘rmon xo‘jaligi ishchilari olib ketilayotgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют