» » O‘zbekiston TIVda AQSh Davlat departamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston TIVda AQSh Davlat departamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


2018-yilning 6-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abdujabbor Abduvohidov Toshkent shahrida bo‘lib turgan AQSh Davlat departamenti delegatsiyasi bilan uchrashdi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar bermoqda. Davlat kotibining inson huquqlari, demokratiya va mehnat bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Rendi Uilyam Berri ushbu delegatsiyaga boshchilik qilmoqda.

AQSh delegatsiyasi tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida, Oliy Majlisning inson huqulari bo‘yicha vakili, Bosh prokuratura, ichki ishlar, bandlik va mehnat munosabatlari, adliya vazirliklari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va boshqa tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazmoqda.

TIVda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida batafsil so‘z yuritildi.

Muzokaralarda ko‘p qirrali O‘zbekiston-AQSh muloqotini konstruktiv asosda davom ettirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Uchrashuvda AQSh Elchisi Pamela Leora Spratlen ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют