» » BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi mintaqaviy bo‘linmasi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi mintaqaviy bo‘linmasi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi


BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy bo‘linmasi direktori Rishard Komenda boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Delegatsiya tashrifi davomida vazirliklar, huquqni muhofaza qilish organlari, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar, Adliya, Ichki ishlar vazirliklari, Bosh prokuratura, Oliy sud, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz va Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili, Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Advokatlar palatasida uchrashuvlar mo‘ljallangan.

Shuningdek, tashrif doirasida delegatsiya a’zolarining Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari bilan uchrashishi ham ko‘zda tutilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-09-2017, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют