» » Akmal Saidov Jenevada BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Raad al-Husayn bilan uchrashdi

Akmal Saidov Jenevada BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Raad al-Husayn bilan uchrashdi


Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov Jenevada BMT Inson huquqlari kengashi 34-sessiyasi doirasida xalqaro tashkilotning mazkur masalalar bo‘yicha oliy komissari Zayd Raad al-Husayn bilan uchrashdi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonning BMT bilan inson huquqlari borasidagi hamkorligi holati va istiqbollari muhokama etildi.

Oliy komissar qonun ustuvorligi va sud-huquq tizimi islohoti O‘zbekistonning 2017—2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining besh asosiy yo‘nalishidan biri etib belgilanganiga yuqori baho berdi. U mazkur strategiyaning tegishli bandlarini amalga oshirishda ko‘mak berishga tayyorligini ma’lum qildi.

Shuningdek, Zayd Raad al-Husayn O‘zbekistonning BMT huquq himoyasi tizimlari bilan hamkorligi haqida ijobiy fikrlar bildirdi.

Uchrashuv davomida BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissariga O‘zbekistonga o‘ziga maqbul paytda tashrif buyurish taklif etildi va bu taklif mamnuniyat bilan qabul qilindi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-03-2017, 21:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют