» » Farg‘ona viloyati hokimligi “55 million so‘mlik gul” borasidagi xabarga raddiya bildirdi

Farg‘ona viloyati hokimligi “55 million so‘mlik gul” borasidagi xabarga raddiya bildirdi


Farg‘ona viloyati hokimligi “Ozodlik” radiosining yozyovonlik o‘qituvchi va shifokorlar O‘zbekiston Prezidenti o‘tadigan yo‘llarni tozalash ishlariga jalb etilganligi haqidagi xabariga raddiya bildirdi.

“Daryo” muxbiri Azizbek Ermatov bilan bog‘langan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ma’rufjon Turdimatovning ta’kidlishicha, viloyatning Yozyovon tumanida ham, boshqa joylarida ham o‘qituvchilar obodonlashtirish ishlariga jalb etilgani yo‘q. Bunday gaplar faqat uydirmadan iborat. To‘g‘ri, bugungi kunda viloyatda ham obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu ishlarga ta’lim sohasidagi texnik xodimlar ham qo‘lidan kelgancha yordam bermoqda. Bu bor gap.

Yozyovon tumanida 36 ta umumta’lim maktabi faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, unda 1 ming 550 nafar pedagoglar mehnat qilmoqda. O‘qituvchilar tumandagi obodonlashtirish ishlarida umuman qatnashgani yo‘q. Ular dars o‘tmoqda.

Shuningdek, o‘qituvchilardan gul va boshqa narsalar uchun o‘lpon yig‘ilayotgani ham haqiqatdan ancha yiroq, esa “55 million so‘mlik gul” umuman tasdiqlanmadi.

Viloyat hokimining o‘rinbosari Ilhomjon Nosirov ham “Ozodlik” radiosi muxbiri bilan mazkur masalada gaplashmaganligini bildirdi.

Ayni paytda Farg‘ona viloyatidagi 15 ta tumanning 30 ta mahalla fuqarolar yig‘inida “Obod qishloq” dasturi asosida katta bunyodorkorlik ishlari olib borilmoqda. Bu ishlarga faqat obodonchilik va qurilish sohasiga oid tashkilotlar vakillari jalb etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют