» » Samarqand viloyati hokimi: Kattaqo‘rg‘ondagi o‘qituvchining o‘limini Prezident tashrifiga bog‘lash — noxolis talqin

Samarqand viloyati hokimi: Kattaqo‘rg‘ondagi o‘qituvchining o‘limini Prezident tashrifiga bog‘lash — noxolis talqin


Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev viloyatning Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 42-maktab o‘qituvchisi Diana Yenikeyevaning o‘limi bilan tugagan baxtsiz hodisaga munosabat bildirdi, deya xabar bermoqda “Kun.uz”.

Bir bolaning onasi hisoblangan Diana Yenikeyeva 14-mart kuni Kattaqo‘rg‘on tumanidagi ko‘cha tozalash ishlariga jalb etilgan. Shu kuni, Yenikeyeva yo‘l o‘rtasidagi to‘siqlarni oqlayotganida, uni KAMAZ yuk mashinasi urib ketgan. Hodisa oqibatida 23 yoshli muallima vafot etgan.

Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev yuz bergan hodisa yuzasidan marhumaning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirib, shu vaqtgacha “ijtimoiy soha xodimlari mahalliy hokimlik organlari va boshqarmalar tomonidan hududlarni obodlashtirish ishlariga chiqarilmagani”ni ta’kidlagan; o‘qituvchilar — aynan ijtimoiy soha xodimlaridir.

Samarqand viloyat hokimligi va shaxsan o‘z nomimdan Kattaqo‘rg‘on tumanida yo‘l-transport hodisasi natijasida halok bo‘lgan Diana Yenikeyevaning fojiali o‘limi tufayli chuqur hamdardlik izhor etishga ijozat bergaysiz.

Har bir inson hayoti biz uchun o‘ta muhim va sodir bo‘lgan voqea yo‘llarda xavfsizlikni kuchaytirish zaruratini bildiradi. Vafot etgan ayolning oila a’zolariga ma’naviy va moddiy yordam ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, ushbu hodisa xolis surishtirilishi va huquqiy baho berilishi ta’minlanishiga so‘z beraman.

Baxtsiz hodisaning Davlatimiz rahbarining viloyatimizga tashrifi bilan bog‘lab, ommaviy axborot vositalarida turli xabarlar va munosabatlar bildirilayotgani noxolis talqin hisoblanadi va haqiqatga mos kelmaydi. Shu munosabat bilan jamiki ommaviy media vakillarini ushbu holatni yoritishda xolisonalikka rioya qilishga, bir tomonlama yondashuvdan qochishga chaqiramiz.

Ijtimoiy soha xodimlari mahalliy hokimiyat organlari va boshqarmalar tomonidan hududlarni obodlashtirish ishlariga chiqarilmagan va bundan keyin ham jalb qilinmasligiga viloyat rahbari sifatida so‘z beraman.

Turobjon Jo‘rayev, Samarqand viloyati hokimi

Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Komiljon Allamjonov ham ushbu hodisaga munosabat bildirib, “fojiaga olib kelgan sabablar hozirda o‘rganilayotgani” va “natijasiga ko‘ra tegishli choralar belgilanishi”ni ma’lum qilgan edi.

Samarqand viloyatidagi jurnalistlarning ma’lum qilishicha, Diana Yenikeyeva aynan Prezident tashrifi arafasidagi tozalash va obodonlashtirish ishlariga jalb etilgan edi. Qayd etishlaricha, hatto uning o‘limi ham keyingi kunlarda boshqa o‘qituvchilarning katta yo‘llar yoqasida ishlashdan qutqara olmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют