» » Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ta’lim muddati va qabul kvotasi kamaytiriladi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ta’lim muddati va qabul kvotasi kamaytiriladi


Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyati tubdan takomillashtiriladi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston.

O‘zbekiston prezidenti bir oy muddatda — may oyi boshlariga qadar universitet faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqishni topshiriq berdi.

Hujjat birinchi galda ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda ta’lim sifatini oshirish, shuningdek, mamlakatning zamonaviy tashqi iqtisodiy va tashqi siyosiy ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda universitet faoliyatining dolzarb vazifalari va yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqishga qaratilgan.

Xususan, manfaatdor idoralarning ehtiyojidan kelib chiqqan holda amaliyotda talab qilinadigan mutaxassislarning aniq maqsadni ko‘zlab tayyorlanishini ta’minlash, shuningdek ular orasidan diplomatik kadrlarning istiqbolli zaxirasini shakllantirish maqsadida bakalavriatda o‘qish muddatini va bakalavriatga qabul qilish kvotalarini kamaytirish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, universitetda “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” hamda “Xalqaro jurnalistika” mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashning yangi yo‘nalishlari joriy qilinadi va xorijiy mamlakatlar delegatsiyalariga xizmat ko‘rsatish va rasmiy tadbirlar o‘tkazishni yuqori tashkiliy darajada ta’minlaydigan professional tarjimon va gidlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Yana bir muhim yo‘nalishlardan biri — O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatini tizimli tahlil qilishda universitetning rolini kuchaytirish maqsadida xorijiy sheriklar bilan hamkorlik qilish va xalqaro munosabatlarni rivojlantirish istiqbollarini prognoz baholash asosida fundamental ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют