» » Shavkat Mirziyoyev Tashqi ishlar vazirligini tubdan takomillashtirish bo‘yicha farmonni imzoladi. Unda tizimdagi jiddiy muammolar ko‘rsatib o‘tilgan 

Shavkat Mirziyoyev Tashqi ishlar vazirligini tubdan takomillashtirish bo‘yicha farmonni imzoladi. Unda tizimdagi jiddiy muammolar ko‘rsatib o‘tilgan 


Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.

Hujjatda Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi ishlarning amaldagi holatini tahlil qilish birinchi navbatda davlatning tashqi iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surish borasida qo‘yilgan vazifalarni samarali bajarishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator jiddiy muammolar sanab o‘tilgan. Xususan:

Amaldagi normativ-huquqiy baza diplomatik xizmatning barcha masalalarini to‘liq tartibga solmaydi, to‘plangan huquqiy va amaliy tajribani to‘liq aks ettirmaydi, shuningdek, zamon talablariga mos kelmaydi;

Tashqi siyosiy idoraning tashkiliy-shtat tuzilmasi tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy sohalardagi strategik vazifalarni hal etish uchun mavjud resurslarni samarali safarbar qilishga yo‘naltirilmagan;

Davlat organlarining Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning xorijdagi muassasalari bilan o‘zaro hamkorligining, shuningdek, xorijiy sheriklar bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turistik hamkorlikni rivojlantirish masalalarida samarali va muvofiqlashtirilgan ishlarni olib borishning aniq belgilangan mexanizmlari mavjud emas;

Tashqi siyosiy idoraning ishlarini axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash va rejalashtirish qisman amalga oshirilmoqda, tashqi siyosatning ustuvorligi bo‘yicha ishlab chiqilayotgan takliflar mamlakat tashqi iqtisodiy manfaatlarini ilgari surish masalalarini lozim darajada hisobga olmayapti;

Mamlakatdagi keng ko‘lamli o‘zgarishlar va respublikaning xalqaro tashabbuslari haqida jahon hamjamiyatini xabardor qilish ishlari sust tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatning ijobiy imidjini yaratish va xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash vazifalari samarali bajarilishiga to‘sqinlik qilmoqda;

Konsullik muassasalari faoliyatida ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining tezkorlik va sifat darajasi, O‘zbekistonning xorijdagi jismoniy va yuridik shaxslarining huquq va qonuniy manfaatlari samarali himoya qilinishini ta’minlash, og‘ir sharoitga tushib qolgan fuqarolarga yordam ko‘rsatish darajasi qoniqarsiz ahvolda qolmoqda;

Xorijdagi vatandoshlar bilan tizimli muloqot yo‘lga qo‘yilmagan, respublikani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar loyiha hamda dasturlarni amalga oshirishda ularning salohiyatidan foydalanilmayapti;

Kadrlar siyosatining samarasizligi, shuningdek, tashqi siyosiy idora xodimlarining moddiy rag‘batlantirilishi va ijtimoiy himoyalanishining past darajada ekanligi yuqori malakali diplomatik tarkibni shakllantirish imkoniyatlarini sezilarli darajada cheklamoqda, diplomatik xizmatning obro‘sini tushirmoqda va malakali mutaxassislarning sohani tark etishiga sabab bo‘lmoqda;

Ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yetarli darajada joriy etilmasligi ustuvor vazifalarni hal etishga to‘sqinlik qilmoqda, tezkor tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy munosabat bildirishni, shuningdek, “raqamli diplomatiya” vositalarini rivojlantirish imkonini bermayapti.

Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida vazirlik tizimini isloh etishning eng muhim yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning xorijdagi muassasalari faoliyati va tashkiliy-shtat tuzilmasining normativ-huquqiy asoslarini “iqtisodiy diplomatiya”ni rivojlantirishga urg‘u bergan holda qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish;

Respublikaning yagona tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda Tashqi ishlar vazirligining muvofiqlashtiruvchi rolini kuchaytirish, shuningdek, tegishli vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining ushbu yo‘nalishdagi vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilab qo‘yish va ajratish;

Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning xorijdagi muassasalari faoliyatiga mamlakat mahsulotlari, ishlari (xizmatlari) eksportini kengaytirish va diversifikatsiya qilish, investitsiyalar, ilg‘or texnologiyalar va turistlar oqimini mamlakatga jalb etishga yo‘naltirilgan yangicha yondashuv va usullarni joriy etish;

Milliy va xorijiy ekspertlar jamoalari, ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik va ilmiy doiralar bilan muntazam hamda maqsadli axborot almashish ishlarini kuchaytirish orqali O‘zbekistonning ijobiy xalqaro nufuzini shakllantirishda “ommaviy diplomatiya” vositalarini faol qo‘llash;

Fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlari amalda himoya qilinishini ta’minlash mexanizmlarini shakllantirish va amalga oshirish, xorijdagi vatandoshlar bilan har tomonlama muloqotni qo‘llab-quvvatlash, ularni savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ijtimoiy loyihalar hamda dasturlarni amalga oshirishga faol jalb qilish;

Ichki idoraviy rejalashtirish va nazorat qilishning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish, hisobot berish tartibi va shakllarini soddalashtirish, Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning xorijdagi muassasalari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini shakllantirish;

Diplomatik kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, rotatsiyasini ta’minlash hamda istiqbolli zaxirasini shakllantirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish orqali Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning xorijdagi muassasalarida kadrlar siyosatini tubdan qayta ko‘rib chiqish;

Diplomatik xizmat organlari xodimlarining moddiy rag‘batlantirilishi va ijtimoiy himoya qilinishini yaxshilash, ularning samarali ishlashi uchun munosib sharoitlarni yaratish;

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, shuningdek, global axborot maydonida mamlakatimiz manfaatlarini ilgari surish maqsadida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb qilish orqali Tashqi ishlar vazirligi tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют