» » Bojxona to‘lovlarini optimizatsiya qilish bo‘yicha ishchi komissiya tashkil etildi

Bojxona to‘lovlarini optimizatsiya qilish bo‘yicha ishchi komissiya tashkil etildi


“O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoyishi qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali orqali ma’lum qilindi.

Farmoyishda ta’kidlanishicha, bojxona-tarifini tartibga solishga qaratilgan amaldagi tizim olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga yetarli darajada javob bermaydi, ayniqsa valyuta siyosatini liberallashtirish sharoitlarida biznes yuritishda teng sharoitlar yaratilishini va raqobatning asosiy bozor tamoyillarining amalda qo‘llanilishini ta’minlay olmaydi.

Shu maqsadda bojxona tizimini takomillashtirish va tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish jarayonidagi bojxona to‘lovlarini optimizatsiya qilish bo‘yicha ishchi komissiya tashkil etildi.

Ishchi komissiyaga 2018-yil 1-aprelga qadar bojxona-tarifi tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish, zamonaviy raqobatbardosh ishlab chiqarishni tashkil etish, shu jumladan tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishdagi bojxona to‘lovlarining yangi stavkalarini tasdiqlash bo‘yicha tegishli hujjat loyihasini kiritish vazifasi yuklatilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 21:28)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют