» » Gruziyada mansabdorlar uchun qora rangli avtomobillar taqiqlandi

Gruziyada mansabdorlar uchun qora rangli avtomobillar taqiqlandi


Gruziya hukumati davlat tuzilmalariga budjet hisobidan qora rangdagi avtomobillarni sotib olishni taqiqlovchi farmonni qabul qildi, deb yozadi Tengrinews.

Hujjatda avtomobil rangining cheklanishi aytiladi — “sotib olinayotgan va har qanaqa klassga tegishli bo‘lgan avtomobil qoradan tashqari istalgan rangda bo‘lishi mumkin”, — deyiladi unda.

Farmonda qayd etilishicha, davlat budjeti hisobidan sotib olinayotgan avtomashinalarning klassi va toifasini belgilash haqidagi takliflarni tegishli idoralar qabul qiladi.

Vazirlik va idoralar 25-aprelgacha avtoparkni yangilash rejasini ko‘rib chiqish uchun hukumatga taqdim etishi kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют