» » Shavkat Mirziyoyev xorijiy investitsiyalarning muayyan foizini ilmiy kadrlar tayyorlashga yo‘naltirish bo‘yicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev xorijiy investitsiyalarning muayyan foizini ilmiy kadrlar tayyorlashga yo‘naltirish bo‘yicha topshiriq berdi


Shavkat Mirziyoyev O‘simlik moddalari kimyosi institutida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar va yosh tadqiqotchilar bilan suhbatlashdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

“Ertangi kunini tasavvur qilgan, raqobatbardosh bo‘laman degan davlat, albatta, ilmga e’tibor berishi kerak. Sizlarning tilingizda aytganda, biz ham mamlakatimizni progressiv va innovatsion rivojlantirishimiz zarur. Buning uchun olimlar, tadqiqotchilar Vatanga xizmat qilishi, ilmiy-texnologik ishlanmalarini barcha sohalarda, ayniqsa, viloyatlarda joriy etishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston Prezidenti mamlakatga kelayotgan har bir xorijiy investitsiyaning muayyan foizi ilm-fanni rivojlantirish va ilmiy kadrlar tayyorlashga yo‘naltiriladigan tizim qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

Olimlar Shavkat Mirziyoyevning kecha qabul qilingan “Respublika oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ularga katta xursandchilik, moddiy va ma’naviy rag‘bat bag‘ishlaganini alohida qayd etdilar. O‘zbekistonda ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.

Shavkat Mirziyoyev ilm-fan vakillarining ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash masalalariga ham alohida e’tibor qaratdi. Jumladan, ularni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Mavzuga doir: Prezident O‘simlik moddalari kimyosi institutini rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют