» » Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti 24 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti 24 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi


Seul shahrining markaziy sudi Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Pak Kin Xeni 24 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Ayol o‘tgan yilning bahorida korrupsiyada ayblanib qo‘lga olingan edi, deb yozadi Sputnik O‘zbekiston.

Sud majlisi Janubiy Koreyaning eng yirik telekanallari orqali jonli tarzda olib borilmoqda.

Pak Kin Xe o‘tgan yilning mart oyida qo‘lga olingan. Unga 18 ta band bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan, xususan korrupsiya, pora olish, mansabni suiiste’mol qilish, shuningdek, davlatga doir ma’lumotlarni oshkor qilish shular jumlasidandir.

Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezidentga 30 yillik qamoq jazosi berilishi hamda u 118,5 milliard koreya voni (95 million dollar) jarima to‘lashini talab qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют