» » Janubiy Koreya prokuraturasi Samsung Group rahbari uchun 12 yillik qamoq jazosini talab qildi

Janubiy Koreya prokuraturasi Samsung Group rahbari uchun 12 yillik qamoq jazosini talab qildi


Samsung Electronics vitse-prezidenti va amalda Samsung Group rahbari bo‘lgan Li Chje Yonga nisbatan poraxo‘rlik va Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Pak Kin Xe bilan bog‘liq boshqa korrupsion jinoyatlar uchun ayblov 12 yillik qamoq jazosini talab qildi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Pora berishdan tashqari, 49 yoshli milliarder aktivlarni xorijda yashirish, jinoiy daromadlarni yashirish va yolg‘on ko‘rsatma berishda ayblanmoqda.

Tergov jarayonida prokuratura korrupsion ishlarga aralashgan Samsung’ning yana uch nafar menejeriga 10 yillik qamoq jazosini talab qilgan.

Samsung Group rahbarining ishi bo‘yicha sud qarori avgust oyida e’lon qilinadi va Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Pak Kin Xe va uning dugonasi Shxve Sun Sil ishiga qo‘shiladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-08-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют