» » Samsung’ning sobiq rahbari qamoqxona kamerasida LG televizorini tomosha qiladi

Samsung’ning sobiq rahbari qamoqxona kamerasida LG televizorini tomosha qiladi


Janubiy Koreya prezidentining yirik korrupsion mojarolariga bog‘liq poraxo‘rlik ishida ayblanayotgan Samsung Electronics kompaniyasining sobiq rahbari Li Chje Yon maydoni olti kvadrat metr bo‘lgan qamoqxona kamerasida ushlab turiladi. Kamerada karavot, stol, stul, rakovina, hojatxona va televizor bor. Bu haqda The Wall Street Journal nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Sobiq rahbarga haftaning ish kunlarida 7 soat, dam olish kunlari 11 soat televizor tomosha qilishga ruxsat berilgan. E’tiborlisi, kamerada Samsung’ning asosiy raqobatchilaridan biri bo‘lgan LG televizori o‘rnatilgan.

Li Chje Yonga bir kunda uch marta kameradan chiqishga ruxsat berilgan: mashq qilish uchun yarim soat, uchrashuvlar va yuvinish uchun o‘n daqiqa vaqt ajratilgan.

Li Chje Yon kompaniya asos solingan 1938-yildan beri ozodlikdan mahrum qilingan birinchi rahbar bo‘ldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-03-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют