» » OAV: Samsung vitse-prezidentiga nisbatan poraxo‘rlik, mablag‘ o‘marish va yolg‘on ko‘rsatma berishda ayblovlar ilgari suriladi

OAV: Samsung vitse-prezidentiga nisbatan poraxo‘rlik, mablag‘ o‘marish va yolg‘on ko‘rsatma berishda ayblovlar ilgari suriladi


Samsung vitse-prezidenti va amaldagi rahbari Li Chje Yon hamda kompaniyaning yana 4 nafar menejeriga poraxo‘rlik va mablag‘larni o‘marishda ayblovlar e’lon qilinadi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe qurshovidagi korrupsiyaviy mojaroni tekshirayotgan tergov guruhi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Vedomosti”.

Ular chet elda aktivlarini yashirishda ham ayblanadi. Gap mojaro tufayli iste’fo bergan kompaniya prezidenti Chan Chun Ji va rais o‘rinbosari Choy Si Sun haqida ham ketmoqda.

Samsung vitse-prezidentiga nisbatan parlamentda yolg‘on ko‘rsatma berish bo‘yicha ayblov ham ilgari suriladi. Kompaniya mazkur holat yuzasidan izoh berishdan bosh tortdi.

Ma’lumot uchun, Li Chje Yon 17-fevralda hibsga olindi va shundan beri Seul yaqinidagi qamoqxonada saqlab kelinmoqda.

Опубликовано: admin (28-02-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют