» » Samsung rahbari poraxo‘rlik haqidagi ish bo‘yicha ayblovlarni rad etmoqda

Samsung rahbari poraxo‘rlik haqidagi ish bo‘yicha ayblovlarni rad etmoqda


Janubiy Koreyaning Samsung korporatsiyasi sobiq rahbari Li Chje Yon Seul sudida o‘z ishi ko‘rib chiqilayotgan paytda e’lon qilingan ayblovlarning barchasini rad etadi. Bu haqda Reuters uning advokatiga tayanib xabar berdi, deb yozadi “TASS”. Li Chje Yon 2015-yilda kompaniyaning ikkita filiali qo‘shilishi chog‘ida poraxo‘rlikda gumon qilinmoqda.

Li Chje Yonning o‘zi ish bo‘yicha dastlabki eshitishlarda qatnashmadi, uning manfaatlarini advokati himoya qildi.

Ma’lumot uchun, Li Chje Yon 17-fevralda hibsga olindi va shundan beri Seul yaqinidagi qamoqxonada saqlab kelinmoqda.

Tergov versiyasiga ko‘ra, aynan Li Chje Yon mamlakatning o‘z lavozimidan chetlatilgan prezidenti Pak Kin Xening yaqin dugonasi Chxve Sun Silga moliyaviy ko‘mak berish to‘g‘risida qaror qabul qilgan, buning evaziga kompaniyaga o‘z biznesini yanada samaraliroq yuritishi uchun hukumat tomonidan turli yengilliklar berilgan.

Опубликовано: admin (9-03-2017, 12:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют