» » Toshkentda Sojong universiteti filiali ochiladi

Toshkentda Sojong universiteti filiali ochiladi


Yangi o‘quv yilida Toshkentda Janubiy Koreyaning Sojong universiteti filiali ochiladi. OTMda bolalarni erta rivojlantirish, reklama va jamoatchilik bilan aloqalar hamda turizm fakultetlari faoliyat olib borishi ko‘zda tutilmoqda, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

5-aprel kuni O‘zbekiston maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin va Sojong universiteti rektori Xong Yong Kim Toshkentda OTM filialini ochish bo‘yicha bayonnomani imzoladi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmatidan xabar qilinishicha, hozirda filialni joylashtirish uchun joy aniqlanmoqda.

Sentabrda poytaxtda Janubiy Koreyaning Puchon universiteti filiali ham ochilishi lozim. Unda maktabgacha pedagogika va psixologiya yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlanadi. Filial ochilishi bo‘yicha maqsadlar to‘g‘risidagi bayonnoma fevral oyida imzolangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 20:58)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют