» » Samarqandlik 31 yashar erkak ovsinlarni pichoqladi

Samarqandlik 31 yashar erkak ovsinlarni pichoqladi


Samarqand viloyatiing Qo‘shrabot tumanida 4-aprel kuni ro‘y bergan hodisa oqibatida ikki ovsin jabrlandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Shu kuni soat 10:30 atrofida Chorloq qishlog‘ida yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan N. Sanaqulov hamqishlog‘i, 1976-yilda tug‘ilgan K. Sindorovaning uyida o‘zaro janjal tufayli unga pichoq bilan tashlandi.

Ularni ajratmoqchi bo‘lgan K. Sindorovaning ovsini, 1972-yilda tug‘ilgan M. Sindorovaga ham pichoq urib, jarohat yetkazdi.

Komila va Muhabbat Sindorovalar kasalxonaga yotqizildi. N. Sanaqulov qo‘lga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют