» » Yaponiyalik erkak o‘zining sevimli pop-yulduzi oldida o‘zini o‘ldirishga urinib ko‘rdi

Yaponiyalik erkak o‘zining sevimli pop-yulduzi oldida o‘zini o‘ldirishga urinib ko‘rdi


Yaponiyalik erkak o‘zining sevimli pop-yulduzi oldida xarakirini amalga oshirishga urinib ko‘rdi. Bu haqda SoraNews24 nashri xabar berdi.

48 yoshli erkak Taybayga tayvanlik pop-yulduz Doraning so‘nggi konsertini tomosha qilish uchun yetib kelgan. Avvalroq yulduz o‘z karyerasiga yakun yasaganini, internetdagi o‘z sahifalarini yangilashni to‘xtatganini va muxlislari oldidagi jonli chiqishlardan ham voz kechganini ma’lum qilgan.

Konsertdan so‘ng erkak yulduz bilan suhbatlashgan va keyin o‘zini o‘ldirishga uringan. Atrofda bo‘lganlar unga o‘z niyatini amalga oshirishga xalaqit bergan, Dora esa politsiya chaqirgan. So‘rov vaqtida erkakning ma’lum qilishicha, Doraning sahnadan ketish haqidagi xabari uni tushkunlikka tushirgan va o‘zini o‘ldirish niyatini uyg‘otgan.

Hodisadan so‘ng erkak kasalxonaga olib borilgan. U olgan jarohatlar jiddiy bo‘lmagan va hayoti uchun xavf tug‘dirmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2018, 06:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют