» » Uzbek Tigers — Venesuela Caciques 2:0. Shahobiddin Zoirov venusuelalik raqibiga imkoniyat qoldirmadi

Uzbek Tigers — Venesuela Caciques 2:0. Shahobiddin Zoirov venusuelalik raqibiga imkoniyat qoldirmadi


Ayni damda Butunjahon boks seriyasida ishtirok etayotgan O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Venesuelaning Venesuela Caciques jamoasiga qarshi janglar olib bormoqda. Bugun 10 ta jang o‘tkazilishi belgilangan.

Ikkinchi jang ham o‘z nihoyasiga yetdi. 56 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Uzbek Tigers a’zosi Shahobiddin Zoirov venusuelalik raqibi Yoel Finolni mag‘lub etdi. Zoirov hakamlarning qaroriga ko‘ra 3:0 (49:46, 49:46, 48:47) g‘alaba qozondi.

Biroz avval birinchi jang yakunlanib unda Uzbek Tigers a’zosi Nodir Mirzaahmedov ham raqibidan ustun kelgan edi.

Oldindagi yana 8 ta jang bor:

C1 guruhi

64 kg: Aliyor Noraliyev – Kristian Palasio

75 kg: Isroil Madrimov – Keybar Gonsales

91 kg: Sanjar Tursunov – Bello Dias

C2 guruhi

Janglar soat 22:00 da boshlanadi

52 kg: Jasur Latipov — Xesus Roxas

60 kg: Shunqor Abdurasulov — Luis Kabrera

69 kg: Mahmud G‘oipov — Gabriel Maestre

81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev — Nalek Korbaj

+91 kg: Bahodir Jalolov — Jordan Ernandes



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют