» » Uzbek Tigers — Venesuela Caciques 3:0. Aliyor Noraliyev venesuelalik raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

Uzbek Tigers — Venesuela Caciques 3:0. Aliyor Noraliyev venesuelalik raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi


Ayni damda Butunjahon boks seriyasida ishtirok etayotgan O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Venesuelaning Venesuela Caciques jamoasiga qarshi janglar olib bormoqda. Bugun 10 ta jang o‘tkazilishi belgilangan.

64 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Uzbek Tigers a’zosi Aliyor Noraliyev Kristian Palasioga qarshi ringga chiqdi. Hakamlarning bir ovozdan bergan bahosiga ko‘ra Aliyor Noraliyev 3:0 (50:45, 49:46, 50:45) hisobida g‘alaba qozondi.

Bundan avval Nodir Mirzaahmedov hamda Shahobiddin Zoirov ham o‘z jangini g‘alaba bilan yakunlagan edi.

Shu tariqa hisob Uzbek Tigers foydasiga 3:0.

Oldindagi yana 7 ta jang bor:

C1 guruhi

75 kg: Isroil Madrimov – Keybar Gonsales

91 kg: Sanjar Tursunov – Bello Dias

C2 guruhi

Janglar soat 22:00 da boshlanadi

52 kg: Jasur Latipov — Xesus Roxas

60 kg: Shunqor Abdurasulov — Luis Kabrera

69 kg: Mahmud G‘oipov — Gabriel Maestre

81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev — Nalek Korbaj

+91 kg: Bahodir Jalolov — Jordan Ernandes



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют