» » Uzbek Tigers Colombia Heroicos?’ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi

Uzbek Tigers Colombia Heroicos?’ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi


Kecha xabar berilganidek, bugun Butunjahon boks seriyasining guruh bosqichi to‘rtinchi turida Kolumbiyada Uzbek Tigers va Colombia Heroicos jamoalari bahs olib bordi.

Dastlab, -91 kilogrammgacha vazn toifasida Sanjar Tursunov va Xulio Deyvis ringga ko‘tarilishdi. Jangda Sanjar kichik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.

Ikkinchi jangda Isroil Madrimov ham raqibiga imkoniyatni boy berdi. Jorj Vivas g‘alabaga erishdi. Umumiy hisob Colombia Heroicos foydasiga 2-0.

Uchinchi jangida vazni 64 kilogramm bo‘lgan Iqboljon Xoldorov va Jon Gutyerrez o‘zaro bahs olib bordi. Jangda Iqboljon Xoldarov g‘alaba qozonishga erishdi.

4-jangda Shahobiddin Zoirov 56 kilogramm vazn toifasida Jon Martinezga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va jamoalar o‘rtasidagi umumiy hisobni tenglashtirdi – 2:2.

5-jang jang hal qiluvchi bahsga aylandi. Unda 49 kilogramm vaznda Mironshoh Ibragimov hamda Yuberjen Martinez uchrashuv taqdirini hal qilish uchun ringga chiqdi. Mironshoh Ibragimov raqibiga imkoniyatni boy berdi va shu tariqa Uzbek Tigers Kolumbiyada 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Endi o‘zbekistonlik bokschilar musobaqaning 5-6-turlarini Venesuyelaning Caciques Venesuela jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Janglar 6—7-aprel kunlari Termiz shahrida bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют