» » Uzbek Tigers — Colombia Heroicos 1:1. Shunqor Abdurasulov raqibining qoshini yordi va muddatidan avval zafar quchdi

Uzbek Tigers — Colombia Heroicos 1:1. Shunqor Abdurasulov raqibining qoshini yordi va muddatidan avval zafar quchdi


WSB musobaqasining 2-turida Cuba Domadores klubini mag‘lub etib, okean ortidagi mag‘lubiyat alamini olgan Uzbek Tigers endi Colombia Heroicos bokschilarini qabul qilmoqda. Ikkinchi jangdan keyin hisob tenglashdi.

Boks oqshomining ilk janginida Xudoynazar Fayzov raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Ikkinchi jangda Shunqor Abdurasulov muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. -60 kilogramm vazn toifasida Duvan Zuletaga qarshi jang qilgan Abdurasulov texnik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jang davomida Zuletaning qoshi yorildi va uning murabbiylari raqobatni davom ettirishdan bosh tortdi.

Oldinda yana 3 ta jang bor. Qayd etish kerak, Shunqor Kubada Lazario Alvares Estradaga qarshi ringga chiqib, har uch hakam bahosiga ko‘ra mag‘lub bo‘lgandi.

Colombia Heroicos bungacha Kubadan klubidan 0:5 hisobida yengilgandi. Keyinroq esa Venesuela klubini o‘z ringlarida 3:2 hisobida taslim qildi, safarda esa shu hisobda mag‘lub bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 20:13)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют