» » Yakuniy hisob: Uzbek Tigers — Colombia Heroicos 4:1. Bahodir Jalolov ham raqibiga imkoniyat qoldirmadi

Yakuniy hisob: Uzbek Tigers — Colombia Heroicos 4:1. Bahodir Jalolov ham raqibiga imkoniyat qoldirmadi


WSB musobaqasining 2-turida Cuba Domadores klubini mag‘lub etib, okean ortidagi mag‘lubiyat alamini olgan Uzbek Tigers endi Colombia Heroicos bokschilarini taslim qildi — 4:1.

Boks oqshomida eng so‘nggi bo‘lib ringga Bahodir Jalolov chiqdi. +91 kilogramm vazn toifasida jang qiluvchi Bahodir Kubada Xose Larduyet Gomesdan 1:2 hisobida yengilgandi. Bu safar u raqibiga imkoniyat qoldirmadi va har uch hakamning ijobiy bahosini olishga erishdi.

Shu tariqa Uzbek Tigers Toshkentda kechgan ketma-ket ikkinchi jangni o‘z foydasiga hal qildi. Guruhdagi uchinchi raqib Venesuela Termiz shahrida qabul qiladi. Shuningdek, oldinda Venesuela va Kolumbiyaga qarshi safar janglari ham bor.

Bir yil avval Uzbek Tigers guruh bosqichining O‘zbekistonda kechgan barcha janglarida zafar quchishga muvaffaq bo‘lgandi. O‘shanda Qozog‘iston, Rossiya va Xitoy klublari tashrif buyurgandi.

Colombia Heroicos bungacha Kubadan klubidan 0:5 hisobida yengilgandi. Keyinroq esa Venesuela klubini o‘z ringlarida 3:2 hisobida taslim qildi, safarda esa shu hisobda mag‘lub bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 21:28)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют