» » Kubalik bokschilarni taslim qilgan Uzbek Tigers bugun Kolumbiyadan kelgan charm qo‘lqop ustalarini sinovdan o‘tkazadi

Kubalik bokschilarni taslim qilgan Uzbek Tigers bugun Kolumbiyadan kelgan charm qo‘lqop ustalarini sinovdan o‘tkazadi


WSB musobaqasining 2-turida Cuba Domadores klubini mag‘lub etib, okean ortidagi mag‘lubiyat alamini olgan Uzbek Tigers bugun — bahorning ilk kunida Colombia Heroicos bokschilarini qabul qiladi.

Boks oqshomiga yana bir bor Toshkentdagi “Universal” sport saroyi mezbonlik qiladi. U 19:00 da boshlanadi.

Sport-TV kolumbiyalik bokschilarga qarshi janglarni yozib olib, kechki 22:00 dan boshlab namoyish qiladi. Boisi telekanal futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 1-turi doirasidagi 2 ta bellashuvni jonli namoyish qilishni ham rejalashtirgan.

Kolumbiyaliklarga qarshi janglarni Kubada mag‘lub bo‘lgan o‘zbekistonlik bokschilar o‘tkazadi. Tarkibda faqatgina 1 ta o‘zgarish bor. -81 kilogramm vazn toifasida ringga chiquvchi Bektemir Meliqo‘ziyev Kubaga bora olmagandi. Endi esa u jarohatidan forig‘ bo‘lib, Toshkentda jang qilishga tayyor bo‘lib turibdi.

MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, xuddi o‘tgan gal bo‘lgani kabi, “Universal” sport majmuasiga bu safar ham urush va mehnat faxriylari, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari hamda jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar ham tashrif buyuradi.

Colombia Heroicos bungacha Caciques Venezuela bilan ikkita jang o‘tkazdi. Birida kolumbiyaliklar, ikkinchisida esa venesuelaliklar 3:2 hisobida zafar quchdi. Kolumbiyaliklar, shuningdek, Kubada 0:5 hisobida yengilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют