» » Uzbek Tigers — Colombia Heroicos 0:1. Xudoynazar Fayzov Kubadagi mag‘lubiyatdan keyin kolumbiyalik raqibidan ham yengildi

Uzbek Tigers — Colombia Heroicos 0:1. Xudoynazar Fayzov Kubadagi mag‘lubiyatdan keyin kolumbiyalik raqibidan ham yengildi


WSB musobaqasining 2-turida Cuba Domadores klubini mag‘lub etib, okean ortidagi mag‘lubiyat alamini olgan Uzbek Tigers endi Colombia Heroicos bokschilarini qabul qilmoqda.

Boks oqshomining ilk jangini Xudoynazar Fayzov boshlab berdi. -52 kilogramm vazn toifasida kolumbiyalik Keybar Avilaga qarshi rigga ko‘tarilgan Fayzov imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Uch hakamdan ikki nafari o‘zbekistonlik sportchining mag‘lubiyatini qayd etdi.

Xudoynazar Fayzov Cuba Domadores jamoasiga qarshi safar jangida Yozbani Viyetadan ham yengilgandi. Oldinda vaziyatni Uzbek Tigers tomoniga og‘dirishi mumkin bo‘lgan yana to‘rt charm qo‘lqop ustasi bor.

Colombia Heroicos bungacha Kubadan klubidan 0:5 hisobida yengilgandi. Keyinroq esa Venesuela klubini o‘z ringlarida 3:2 hisobida taslim qildi, safarda esa shu hisobda mag‘lub bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 19:59)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют