» » Uzbek Tigers — Colombia Heroicos 3:1. Jarohati sabab Kubaga bora olmagan Bektemir o‘zbekistonlik bokschilar g‘alabasini naqd qildi

Uzbek Tigers — Colombia Heroicos 3:1. Jarohati sabab Kubaga bora olmagan Bektemir o‘zbekistonlik bokschilar g‘alabasini naqd qildi


WSB musobaqasining 2-turida Cuba Domadores klubini mag‘lub etib, okean ortidagi mag‘lubiyat alamini olgan Uzbek Tigers endi Colombia Heroicos bokschilarini qabul qilmoqda. To‘rtinchi jangdan keyin o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalarining g‘alabasi naqd bo‘ldi.

Bungacha Shunqor Abdurasulov hamda Mahmud G‘oipov kolumbiyalik raqiblarini texnik mag‘lubiyatga uchratgandi. Boks oqshomining to‘rtinchi jangida esa Bektemir Meliqo‘ziyev -81 kilogramm vazn toifasidagi sportchi Diyego Motoani taslim qildi.

Jarohati borligi sabab Bektemir Meliqo‘ziyev Kubaga bora olmagandi. Uning vazn toifasida Xulio La Kruzga qarshi ringga chiqqan Madiyor Saidrahimov 0:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, bugun Bektemir raqibini xuddi shu hisobda mahf etdi.

Oldinda yana 1 ta jang bor. Unda qanday natija qayd etilsa ham, Uzbek Tigers boks oqshomining umumiy natijasini o‘z foydasiga hal qilib ulgurdi.

Colombia Heroicos bungacha Kubadan klubidan 0:5 hisobida yengilgandi. Keyinroq esa Venesuela klubini o‘z ringlarida 3:2 hisobida taslim qildi, safarda esa shu hisobda mag‘lub bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 20:59)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют