» » Uzbek Tigers — Colombia Heroicos 2:1. Kolumbiyalik ikkinchi bokschi o‘zbekistonlik raqibiga qarshi jangni davom ettira olmadi

Uzbek Tigers — Colombia Heroicos 2:1. Kolumbiyalik ikkinchi bokschi o‘zbekistonlik raqibiga qarshi jangni davom ettira olmadi


WSB musobaqasining 2-turida Cuba Domadores klubini mag‘lub etib, okean ortidagi mag‘lubiyat alamini olgan Uzbek Tigers endi Colombia Heroicos bokschilarini qabul qilmoqda. Uchinchi jangdan keyin o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari hisobda oldinga chiqib oldi.

-60 kilogramm vazn toifasida Shunqor Abdurasulov raqibining qoshini yorib qo‘ygani uchun, Duvan Zuleta jangni davom ettirishni istamay, texnik mag‘lubiyatini tan olgandi. Biroz o‘tib -69 kilogramm vazn toifasida Mahmud G‘oipov raqibini shunga majbur qila oldi.

Aleksandr Ranxelga qarshi jangning birinchi raundi anchagina qiyin keldi. Ikkinchi raundga kelib esa G‘oipov ringni nazorat qilib turdi va raqibini nokdaun holatiga ham tushirib qo‘ya oldi. Uchinchi raundda ham Mahmudning ustunligi davom etdi. Natijada, kolumbiyalik charm qo‘lqop ustasi to‘rtinchi raundga chiqishni istamadi. Shu tariqa unga texnik mag‘lubiyat yozildi.

Oldinda yana 2 ta jang bor. Qayd etish kerak, Mahmud G‘oipov Kubada Roniyel Iglesiasdan mag‘lub bo‘lgandi.

Colombia Heroicos bungacha Kubadan klubidan 0:5 hisobida yengilgandi. Keyinroq esa Venesuela klubini o‘z ringlarida 3:2 hisobida taslim qildi, safarda esa shu hisobda mag‘lub bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 20:28)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют