Germaniyada avtomobil piyodalar ustiga bosib bordi, qurbonlar bor
Germaniya g‘arbidagi Myunster shahrida furgon piyodalar olomoni ustiga bosib bordi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Turli ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, 30 dan 50 nafargacha odam tan jarohati olgan. Olti kishining ahvoli ayniqsa og‘ir ekani aytilmoqda.
Spiegel Online nashrining yozishicha, politsiya yuz bergan hodisani hujum deb baholamoqda. Haydovchi, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zini o‘zi otib tashlagan. Hodisa yuz bergan joyda har ehtimolga qarshi portlovchi uskunalar qidirilmoqda.
Hodisa eski shahar qismidagi maydonda yuz bergan. Voqea joyidan olingan fotosuratlardan xulosa chiqarilsa, mashina ko‘cha qahvaxonasida o‘tirgan odamlar ustiga bosib borgan.
Additional photos emerge from scene where driver rammed vehicle into restaurant Grosser Kiepenkerl, in Munster, Germany - leaving three dead and more than 30 injured. pic.twitter.com/OLUbYhsdNI
— Josh Caplan (@joshdcaplan) April 7, 2018
Qayd etish joiz, piyodalar ustiga avtomobilda bosib borish so‘nggi yillarda Yevropada eng ko‘p yuz berayotgan terakt turidir. 2016—2017-yillar davomida bunday terrorchilik hujumlari Nitsa, London, Barselonada yuz bergan edi.
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
