» » Xabib Nurmagomedov Yakvintani mag‘lub etib, UFC chempioniga aylandi

Xabib Nurmagomedov Yakvintani mag‘lub etib, UFC chempioniga aylandi


Rossiyalik, aralash qoidalar jangchisi, Xabib Nurmagomedov UFC chempioniga aylandi. Bruklinda o‘tgan titul jangida u amerikalik El Yakvintaga qarshi ringga chiqib, hakamlar qaroriga ko‘ra g‘olib bo‘ldi.

Dastlabki ikki raundda Nurmagomedov stixiyali uslubni qo‘llab, raqibidan ustun keldi. Uchinchi raund esa teng kurashlar ostida o‘tdi. To‘rtinchi raund esa hal qiluvchisi bo‘ldi. Aniq zarbalar borasida Xabib raqibidan 42-8 hisobida ustun keldi. Beshinchi raund ham Nurmagomedov ustunligida o‘tdi, zarbalar bo‘yicha yakuniy hisob — 179-25.

Hakamlar bir ovozdan Nurmagomedovni g‘olib deb e’lon qildi (50-44, 50-43, 50-43). Shu tariqa Xabib UFC chempioni bo‘lgan ilk rossiyalik shaxsga aylandi.

Bu Nurmagomedovning 26 jangidagi 26-g‘alabasi bo‘ldi. Yakvinta esa faoliyatidagi 4-mag‘lubiyatni qabul qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют