» » Shifokorlar: Miya hujayralari eng keksa kishilarda ham tiklanadi

Shifokorlar: Miya hujayralari eng keksa kishilarda ham tiklanadi


Miya hujayralarining o‘sish jarayoni yuzasidan yangi kuzatishlar asablar nafaqat tiklanishi, balki yoshlarda ham, keksalarda ham, xotira markazida birdek shakllanishini ko‘rsatdi. Bu haqda Cell Stem Cell jurnalida chop etilgan maqolada so‘z yuritiladi, deb yozadi TengriNews.

“Biz keksa kishilar gippokampida ham yoshlarning miyasidagi kabi o‘n minglab yangi neyronlar shakllanishi mumkinligini aniqladik. Keksalar va yoshlarning xotira markazi hajmining deyarli bir xil ekanligi ham yuqoridagi holatni tasdiqlaydi. Boshqa tomondan, tomirlar uni qon bilan yomonroq ta’minlaydi, neyronlar esa ehtimol kamroq bog‘lanishlarni shakllantiradi”, — deydi Kolumbiya universitetidan Maura Boldrini.

Inson miyasini o‘rganish bilan bog‘liq oxirgi kuzatishlar ba’zi hujayralar, masalan hid bilish markazi deyarli uzluksiz yangilanishi, boshqa bo‘limlar, jumladan gippokampda esa neyrogenezda ishtirok etishi taxmin qilinayotgan tana hujayralarining kattagina koloniyasi mavjud ekanligini ko‘rsatdi.

Tadqiqotlar neyronlar o‘limga qadar shakllanishda davom etishidan dalolat beradi. Biroq keksalik miya uchun izsiz o‘tmaydi — keksa kishilar gippokampida kapillyarlar va boshqa qon tomirlari kamroq bo‘lib, yangi hujayralar qo‘shnilari bilan kamroq bog‘lanish hosil qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют