» » O‘zbekistonda uzoq hududlardan kelgan akademik litsey o‘quvchilari uch mahal imtiyozli ovqatlantiriladi 

O‘zbekistonda uzoq hududlardan kelgan akademik litsey o‘quvchilari uch mahal imtiyozli ovqatlantiriladi 


Adliya vazirligida akademik litseylarda imtiyozli ovqatlantirishni tashkil qilish hamda xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Nizomga ko‘ra:

Akademik litseylardan uzoq hududlardan qabul qilingan o‘quvchilar (doimiy yashash joyi boshqa tumanda (shaharda) bo‘lgan, litsey yotoqxonasida yoki boshqa turar joylarda ijara asosida yashaydigan o‘quvchilar) uch mahal imtiyozli ovqatlantiriladi;

O‘quvchilarni imtiyozli ovqatlantirish xarajatlarini qoplashga ularning ota-onalari bir oy uchun eng kam ish haqining bir barobari miqdorida to‘lov amalga oshiradi. Xarajatlarning qolgan qismi davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi;

Ijara asosida yashaydigan o‘quvchilar ularning ota-onalari murojaatlariga asosan faqat bir mahal, ya’ni tushlikdan foydalanishi ham mumkin. Bunda bir oyga to‘lov eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida bo‘ladi;

Akademik litsey yotoqxonasida yashaydigan yoki boshqa turar joylarda ijara asosida yashaydigan o‘quvchilar ro‘yxati har o‘quv yilining 10-sentabridan kechiktirmasdan litsey ma’muriyati tomonidan shakllantirilib, direktor buyrug‘i bilan tasdiqlanadi va o‘quvchilarga imtiyozli ovqatlanish kartochkasi beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют