» » Farg‘onada eshak so‘yib sotgan yana bir qassob qo‘lga tushdi

Farg‘onada eshak so‘yib sotgan yana bir qassob qo‘lga tushdi


Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida faoliyat yurituvchi qassoblardan biri eshak go‘shti sotish bilan shug‘ullangani fosh bo‘ldi. Bu haqda, Muloqot TV telekanaliga asoslanib, “Kun.uz” ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Sodiqjon Botirov Dang‘ara tumanida qoramol olib sotish savdosi bilan shug‘ullanib kelgan. Shu bilan birga u o‘z xonadonida qoramol va qo‘ylarni so‘yib, aholi iste’moli uchun tarqatgan. Lekin u o‘z uyida eshaklarni ham so‘yib, go‘shtlarni turli savdo nuqtalariga sotgani ma’lum bo‘ldi. Dang‘ara tuman IIB tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Sodiqjon Botirov eshak go‘shtini olib ketayotgan avtomashina to‘xtatilgan.

“Botirov Sodiqjon Urayimovich boshqaruvidagi avtomashina to‘xtatilib, tekshirilgan vaqtda mashina yukxonasida go‘sht mahsulotlari borligi aniqlangan. Bu mahsulotlar shubha tug‘dirgani sababli, tekshirib ko‘rish uchun daliliy ashyo sifatida olindi. Dang‘ara tuman veterinariya bo‘limi tomonidan berilgan 107 - raqamli xulosaga ko‘ra bu eshak go‘shti ekani aniqlangan”, — deb izoh berdi tuman IIB tergovchisi Furqatjon Siddiqjonov.

Telekanal tomonidan tayyorlangan reportaj davomida Dang‘ara tuman veterinariya bo‘limi mutaxassisi Akramjon Matkarimov eshak go‘shtini inson organizmi uchun o‘ta xavfli kasalliklar yuqtirishi haqida ma’lumot bergan bo‘lsa, Qo‘qon shahar bosh imom xatibi Abdumajid hoji Isaqov islom dinida eshak go‘shtini mol go‘shtiga aralashtirib sotish juda katta gunoh ekanligini aytib, uni halol deya bilmasdan yegan va farzandlariga yedirgan odamlarlarning gunohi o‘sha go‘shtni sotgan kishiga bo‘lishi, demak, u kishi minglab odamlarni gunohini bo‘yniga olgani haqida o‘z fikrini bildirgan.

“Mol bozoridan mol olib kelib so‘yib, bozorda go‘shtini sotaman. Oxirgi safar ikki eshak ham olib kelib, uyimda so‘yib mol go‘shtiga aralashtirdim. Go‘shtni 16 mingdan sotardim. Eshak go‘shtini aralashtirsam, sal foyda bo‘larmikin deb shu ishga qo‘l uribman”, — dedi Sodiqjon Botirov.

Sodiqjon Botirov O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy kodeksiga ko‘ra tegishli jazoga tortildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют