» » Qozog‘iston politsiyachilari to‘y kortejlarini jarimaga tortdi

Qozog‘iston politsiyachilari to‘y kortejlarini jarimaga tortdi


Aktau politsiyachilari to‘y kortejlarini tekshira boshladi. Ikki kunlik tekshiruvlar davomida politsiya xodimlari oltita kortej haydovchilarini jarimaga tortdi, deb yozadi “Nur.kz”.

Birinchi to‘xtatilgan kortejda ikki qoidabuzar aniqlangan. Kelin-kuyovni olib ketayotgan oq Mercedes-Benz haydovchisi sug‘urta polisiga ega bo‘lmagan. Politsiyachilar avtomobilni jarima maydonchasiga olib ketgan, haydovchiga nisbatan 12 025 tenge jarima qo‘llanilgan. Kelin-kuyovning esa boshqa mashinaga o‘tishiga to‘g‘ri kelgan.

Shu kortejdagi Toyota Land Cruiser 200 haydovchisi bolani avtoo‘rindiqsiz olib ketayotganligi aniqlangan va unga ham jarima belgilangan.

Politsiyachilar tomonidan tekshirilgan ikkinchi to‘y kortejida ham qoidabuzilishlar aniqlangan. Mercedes haydovchisi sug‘urta polisiga ega bo‘lmagan va kamar taqmagan. U jami 24 050 tenge jarimaga tortilgan, avtomobil jarima maydonchasiga olib ketilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют