» » Italiyalik fotograf kelajagimiz qanday bo‘lishini hayratomuz suratlarda ko‘rsatdi

Italiyalik fotograf kelajagimiz qanday bo‘lishini hayratomuz suratlarda ko‘rsatdi


Italiyalik fotojurnalist Alberto Juliani kelajagimiz qanday bo‘lishini ko‘rsatuvchi g‘aroyib loyihani yaratdi. O‘z kasbi va maqomi tufayli Alberto oddiy insonlar kira olmaydigan noodatiy joylarda bo‘lishga erishdi. Ular orasida Amerika kriomarkazlari, Xitoy genomni tadqiq etish institutlari, shuningdek, Marsdagi hayotni modellashtirish bo‘yicha NASA Hi-Seas IV loyihasi bor.

Bu qiziqarli fotoloyihani ko‘rib, biz va ayniqsa farzandlarimizni nimalar kutayotganligini tushuna boshlaymiz, deb yozadi TravelAsk.

Ovcharkaning yangi tug‘ilgan bolasi kloni. U AQSh Harbiy-dengiz kuchlari xizmat itiga aylanadi.

NASA Hi-Seas IV loyihasi doirasida Mars yuzasiga chiqish imitatsiyasi

Gumanoid-robotlar otasi Xirosi Isiguro va u yaratgan Geminoid. Isiguro safarda bo‘lgan vaqtlarda gumanoid talabalarga ma’ruzalar o‘qiydi.

Buyuk Britaniyadagi “Edem loyihasi” — maxsus biosferalarga aylantirilgan eski konlarda ulkan tropik o‘rmon o‘sadi.

Tokio muzeyidagi telenoid-robot yosh bola hissiyotlarini ifodalay oladi.

Germaniyalik Kay Shvaltenberg dengiz geologi va biologi bo‘lib, iqlim o‘zgarishi muammosini tadqiq etadi. Suratda uning atrofidagi dengiz qachonlardir muz bilan qoplangan edi.

Fukuokdagi Henn-na — to‘liq gumanoid robotlar boshqaruvidagi birinchi mehmonxona. Bu yerga kirganingizda sizni yoqimtoy robot ayol va ikkita dinozavr robot kutib oladi.

Insonlarni kriokonservatsiya qilish (muzlatib qo‘yish) markazi (Michigan). Bu yerda institut “bemorlari”ning portretlarini ko‘rish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют