» » Andijondagi harbiy qismda Amir Temur byusti o‘rnatildi (foto)

Andijondagi harbiy qismda Amir Temur byusti o‘rnatildi (foto)


9-aprel kuni buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning tavalludiga 682 yil to‘ldi. Andijon viloyatida joylashgan Sharqiy harbiy okrugiga qarashli harbiy qismda Amir Temur byustining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Lutfullo Buzrukov hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda Sohibqiron Amir Temurning harbiy san’atga qo‘shgan ulkan hissasi, uning adolatparvar hukmdor, yurtsevar inson bo‘lgani tilga olindi.

“Harbiy qismda ushbu byustning o‘rnatilishi harbiy xizmatchilarni buyuk ajdodlarining munosib vorislari bo‘lishiga, jangovar ruhning yuksalishiga, harbiylar huzuriga tashrif buyurayotgan yosh-avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi”, — deyiladi Mudofaa vazirligi axborotida.

Sanaga bag‘ishlab harbiy qism hududida ko‘pkari musobaqasi o‘tkazildi, qurol-aslaha va harbiy texnika namoyishi, badiiy kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar tomonidan Amir Temur davridagi ko‘pkari milliy o‘yinining sahnalashtirilgan epizodlari namoyish etildi.

Mavzuga doir:  O‘zbekiston Mudofaa vazirligida Amir Temur tavalludining 682 yilligi keng nishonlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 117) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют