» » O‘zbekiston Mudofaa vazirligida Amir Temur tavalludining 682 yilligi keng nishonlandi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligida Amir Temur tavalludining 682 yilligi keng nishonlandi


Mudofaa vazirligi markaziy apparatida 9-aprel kuni buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 682 yilligi munosabati bilan “Amir Temurning harbiy yurishlari va jahon harbiy san’ti rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bilan boshlandi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unda so‘zga chiqqanlar yangi ma’lumotlar, dunyoning mashhur tarixchilari fikr-mulohazalari bilan boyitilgan ma’ruzalarda Temur tomonidan yaratilgan harb ilmi va san’atining eng noyob usullari hali ham o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmaganini ta’kidladi.

Tadbirda O‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti, O‘zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi Ne’matjon Polvonov va boshqalar ma’ruzalar bilan qatnashdi.

Shuningdek, poytaxtdagi Amir Temur xiyobonida sarkardaning tavalludi munosabati o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalari ofitser va kursantlari ishtirok etib,Sohibqiron haykali poyiga guldastalar qo‘ydi.

Shu kuni vazirlik tizimidagi harbiy qism va muassasalarda turli uchrashuv, ko‘rik-tanlov hamda ilmiy konferensiyalar tashkil etildi. Jumladan, Markaziy harbiy okrugida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari o‘rtasida sanaga bag‘ishlab intelektual bellashuv va sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda Milliy gvardiyaning “Temurbeklar”, Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlarining “Samo lochinlari”, Samarqanddagi Qurolli kuchlar kichik mutaxassislarni tayyorlash markazining “Arslonlar” hamda harbiy okrugning “Amir Temur vorislari” jamoalari bahslashdi. Jamoa ishtirokchilari nafaqat Sohibqiron shaxsiyatini, balki uning kuchli harbiy salohiyatini sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etdi. Sportning arqon tortish, tosh ko‘tarish, 3 ming metrga yugurish, tortinish kabi turlari bo‘yicha kuch sinashdi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlari okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan faxriy yorliq va kitoblar bilan taqdirlandi.

Janubi-g‘arbiy maxsus, Shimoli-g‘arbiy, Toshkent hamda Sharqiy harbiy okruglarda ham Amir Temur tavallud kuni ko‘tarinki ruhda qarshi olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2018, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют