» » Amir Temur xiyobonida tantanali tadbir o‘tkazildi

Amir Temur xiyobonida tantanali tadbir o‘tkazildi


9-aprel, yakshanba kuni Toshkent shahridagi Amir Temur xiyobonida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda parlament a’zolari, vazirlik va idoralar vakillari, yozuvchi va shoirlar, olimlar, talaba-yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi raisi Nozim Habibullayev, tarix fanlari doktori Shohista O‘ljayeva, publitsist Baxtiyor Haydarov va boshqalar Amir Temur o‘z vaqtida Osiyo va Yevropada ro‘y bergan tarixiy o‘zgarishlarga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatib, dunyo sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk bunyodkor bo‘lganini ta’kidladi.

Yevrosiyo hududida ulkan saltanat barpo qilgan Amir Temur shaxsi va faoliyatiga qiziqish xalqaro maydonda tobora ortib bormoqda. U haqda sharq va g‘arb tillarida 1,5 mingdan ortiq asar bitilgan. Bugun dunyoning qariyb 50 mamlakatida temurshunos olimlar ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari o‘zbek va ingliz tillarida amerikalik mashhur shoir Edgar Allan Poning “Buyuk Temur” dostonidan parcha o‘qidi. Talabalar Amir Temur va temuriylar davridagi liboslarni namoyish qildi.

Buyuk Sohibqiron haykali poyiga gullar qo‘yildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov ishtirok etdi.

Shu kuni Temuriylar tarixi davlat muzeyida “Amir Temur davrida bog‘ yaratish san’ati” deb nomlangan ko‘rgazma ochildi.

Bunday tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatda bo‘lib o‘tmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-04-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют